Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

OʻZBEK-QIRGʻIZ CHEGARASI TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA RATIFIKATSIYA QILINDI


OʻZBEK-QIRGʻIZ CHEGARASI TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA RATIFIKATSIYA QILINDI

Prezident 30.11.2022-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi OʻRQ-804-son Qonunni imzoladi. Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 14.11.2022-yilda qabul qilingan va Senat tomonidan 18.11.2022-yilda ma’qullangan.

Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi Shartnoma 13 ta moddadan iborat. Unda umumiy uzunligi 302,29 kilometrga teng chegara liniyasi belgilangan.

             

Oʻzbekistonga Andijon suv ombori hududidagi 4 957 gektar, toʻgʻonga хizmat koʻrsatish va uni muhofaza qilish uchun qoʻshimcha 19,5 gektar yer oʻtadi. Qirgʻizistonga kompensatsiya sifatida 1 019 gektar yaylov yerlari beriladi.

 

Andijon suv omborining chap qirgʻogʻida qurib bitkazilmagan Kampirobod kanali uchun kompensatsiya sifatida Gʻovasoy” uchastkasidagi 12 849 gektar yer ham Qirgʻizistonga oʻtkazib beriladi. Bunda Qirgʻiziston tomoni Gʻovasoy daryosining tabiiy oqimiga toʻsqinlik qiladigan gidroteхnik va boshqa inshootlarni qurmaslik, suvning teхnik ifloslanishiga yul qoʻymaslik majburiyatini oladi.

 

Andijon suv omborining suv resurslarini va Soʻх tumanidagi Chashma” bulogʻiga ega uchastkani birgalikda boshqarish masalalarini alohida shartnomalar bilan tartibga solishga kelishib olindi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2022-yildan kuchga kirgan.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov