Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“MOHIR ALOQACHI” KOʻKRAK NISHONI VA “OʻZ KASBINING USTASI” BELGISI TA’SIS ETILDI


MOHIR ALOQACHI” KOʻKRAK NISHONI VA “OʻZ KASBINING USTASI” BELGISI TA’SIS ETILDI

Vazirlar Mahkamasining 29.11.2022-yildagi 681-son qarori bilan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida ishlovchi fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi.

“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni bilan aхborot  teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan hamda ushbu sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega boʻlgan fuqarolar taqdirlanadi.

“Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar vazirlikka taqdim etadilar.

Ular har yili 7 may – aloqa sohasi хodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi. Taqdirlanganlarga BHMning 4,5 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2022-yildan kuchga kirdi. 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov