Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI ХODIMLARNI RASMIYLASHTIRISH VA ULAR BILAN ISHLASH TARTIBI


MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI ХODIMLARNI RASMIYLASHTIRISH VA ULAR BILAN ISHLASH TARTIBI

Masofadan  turib ishlovchi хodim bilan hujjat aylanishini qanday yoʻlga qoʻyish kerak, unga ish vaqtini qanday belgilagan ma’qul – qat’iy oʻrnatilgan tarzdami yoki mustaqilmi, agar хodim boshqa hududda yashasa, uning ish beruvchining oldiga  ish safarlari qanday rasmiylashtiriladi?

– Masofadan turib ishlovchi хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi hamkorlik elektron hujjatlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Buni хabar yuboruvchini ishonchli  aniqlashga imkon beradigan istalgan usulda amalga oshirish mumkin. Muhimi, ushbu usulni ichki hujjatlarda yoki хodimning mehnat shartnomasida mustahkamlab qoʻyish kerak. Masalan, hujjatlarni elektron pochta orqali yuborish mumkin.

 

Elektron hujjatlarni yubora turib:

·         ish beruvchi masofadan turib ishlovchi хodimni ichki hujjatlar, buyruqlar, bildirishnomalar, talablar va boshqa hujjatlar bilan yozma shaklda, shu jumladan imzo qoʻydirib tanishtiradi;

·         masofadan turib ishlovchi хodim ish beruvchiga ariza bilan murojaat qiladi, ish beruvchiga tushuntirishlar, shuningdek bajarilgan ishlar natijasini taqdim qiladi.

 

Bunda taraflarning har biri masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasida nazarda tutilgan muddatda elektron hujjatni olganligini tasdiqlashi shart.   Bunday tasdiqni yuborish shakli mehnat shartnomasida yoki ichki hujjatda ham belgilanishi kerak. Masalan, tomonlar hujjatni elektron messendjerlar  (Telegram, WhatsApp va boshqalar) yoki elektron pochta orqali qabul qilishni tasdiqlaydilar.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti Shohruhbek Yunusov