Янгиликлар
Konstitutsiyani bilgan kishi oʻz xatti_harakatini qonun doirasida amalga oshiradi
Konstitutsiyani bilgan kishi oʻz xatti_harakatini qonun doirasida amalga oshiradi
Konstitutsiyamizning 43-moddasida “davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlashi, 43-moddasida barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarini bajarishi aniq koʻrsatib oʻtilgan. Shunga koʻra, shaxs oʻz huquqi, erkinliklarini hamda burchlarini yanada chuqqurroq anglashda Qonunlarni bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya huquq va erkinliklarni mustahkamlash bilan birga, fuqarolar zimmasiga burch hamda mas’uliyatlarini ham yuklaydi. Zero, Konstitutsiyani bilish asosida shakllangan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotining qudratli kuchiga aylanadi. Qonunlarni bilish, kishining hayotiy faoliyatida muhimligi va uni toʻgʻri tushuna olishi natijasida kutilgan maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bois ajdodlarimiz qonunga hurmat va unga itoat qilishni qadrlaganlar. “Qonunning kaliti adolat, adolat kaliti saxovat”, “Qonunbuzar — elbuzar, elbuzarni qonun tuzatar” va boshqa shu kabi hikmatli soʻzlar ham qonunga boʻlgan ongli munosabatning mahsuli hisoblanadi. Biroq, jamiyatimizda ayrim kishilar hatto Konstitutsiya va qonunlarni bilish yoxud oʻz hayotida qoʻllashga beparvolik va loqaydlik bilan qarab, bosh Qomusimizning maʼno-mazmunini anglamay oʻz haqini bilmaydi. Shu bilan birga, huquqiy ongsiz bir tomoshabinga oʻxshab qoladi. Bu bilan ular nafaqat jamiyat manfaatlariga, balki oʻzlariga ham ziyon yetkazishlarini anglab yetmaydilar. Shunday ekan, huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muxim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyaning ustuvorligi esa har birimizdan ulkan huquqiy masʼuliyatni talab etadi.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov