Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquqiy holatlari asoslarini mustaxkamlaydi va kafolatlaydi...


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquqiy holatlari asoslarini mustaxkamlaydi va kafolatlaydi...

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, yagona davlat huquqiy siyosatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini taʼminlashda nihoyatda muhim roʻl oʻynaydi. Shu bilan birga, inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barcha asosiy gʻoya va qoidalarini oʻzida singdiradi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan eng muhim meʼyorlarini mustahkamlaydi. Inchunun, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart” deb, mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, yaʼni xalqning oʻzi bevosita boshqaradigan jamiyat va demokratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib qoʻyadi. Unda jami dunyoviy neʼmatlar orasida eng ulugʻi “inson” ekanligini yorqin mujassamlashtirilgan. Zero, insonni ulugʻlash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyaning asosiy gʻoyasiga aylantirilgan.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti Shohruhbek Yunusov