Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar
Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar
Bosh qomusimizning 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb koʻrsatilgan. Shu nuqtai nazardan aytganda, bunda eng avvalo fuqarolarni jinsiga qarab ajratish mumkin emasligi belgilangan. Konstitutsiyamizning eng muhim jihatlaridan biri ham shundaki, unda xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi maxsus tarzda mustahkamlanganligi, xotin-qizlar bilim olishda kasb-hunar oʻrganishda, mehnat uchun haq olishda, ishda yuqori lavozimlarga koʻtarilishda va shu kabi ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotning barcha sohalarida erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar. Qonunlarni buzganlik uchun ham xotin-qizlar erkaklar bilan teng darajada javobgardirlar.
Ushbu moddada belgilangan milliy va irqiy tenglik prinsipi milliy yoki irqiy mansublikka qarab xech qanday imtiyozlar yoki cheklashlar boʻlishi mumkin emasligini anglatadi. Oʻzbekistonda xar qanday irqiy yoki milliy aloxidalikni, dushmanlikni yoki mensimaslikni targʻib qilish qonun boʻyicha qatiyan taʼqiqlanadi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti Mashrab SHUKUROV