Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar


Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar

Bosh Qomusimizning 15-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar” deb, koʻrsatilgan.

Shunga koʻra, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi davlat va uning organlari, mansabdor shaxslar, barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat olib borishini taqozo etadi. Albatta bu konstitutsiyaviy prinsip hisoblanib, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiyada mustaqkamlangan qoidalar asosida unga mos kelishini ham qatʼiy talab etadi. Zero, ushbu konstitutsiyaviy prinsipga toʻliq rioya etilishi mamlakatimizda qonunchilik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va barqarorlik hukm surishiga olib keladi.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti Shuxrat Mirzaaxmedov