Янгиликлар
BOLALARNING DAM OLISHINI VA SOG‘LOMLASHTIRILISHINI TASHKIL ETISH DEPARTAMENTI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILADI
BOLALARNING DAM OLISHINI VA SOG‘LOMLASHTIRILISHINI TASHKIL ETISH DEPARTAMENTI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILADI
"Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–427-son, 18.11.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi;
Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kasaba uyushmalari a'zolarining farzandlari dam olishi va ularni sog‘lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo‘llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m), biroq yo‘llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya to‘lanadi.
2023 yil 1 yanvardan:
Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;
Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Ushbu qarorning qabul qilinishidan asosiy maqsad bolalarni sog‘lomlashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga ko‘maklashish, bu sohada faoliyat olib borish tizimini yangi darajaga olib chiqish hisoblanadi.
Parkent tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Tojiboyev Diyorjon Pardaboy o‘g‘li