Янгиликлар
Konstitutsiya baxtimiz qomusidir
Konstitutsiya baxtimiz qomusidir
“ Har qanday davlatning yuzi, obroʻ-e’tibori uning Konstitusiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir ” – deb ta’kidlagan edi Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti marhum I.A. Karimov. Jahon tajribalari shuni koʻrsatadiki, mustaqil demokratik xuquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlaninshini asosiy sharti davlat va jamiyatning siyosiy qurilish tizimini belgilaydigan, fuqorolarning erkinliklari va xuquqlarni himoya qiladigan, xalqning muayyan tarixiy tajribasi va qabul qilingan xalqaro me’yorlariga javob beradigan Konstitutsiyaning mavjudligidir. Davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo‘nalishlarini va ularning tuzilishlarini belgilab beradigan, tartibga keltiradigan oily yuridik hujjat konstitutsiyadir. Inson o‘z hayotini borliqqa, uning qonunlariga e’tibor bermay tashkil eta olmaydi. Shuning uchun o‘zini kashf qilishda, o‘rganishda, uning xususiyatlarini, me’yorini kengroq bilishga intiladi. Konstitutsiya atamasi qadimda siyosiy tuzum ma’nosini anglatgan. Konstitutsiya xuquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakatichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va ozod shaxsni, barkamol insonni istiqlol g‘oyasi asosida kamol toptirishning, huquqiy demokratik davlat qurishning, jamiyat va shaxs, ular orasidagi uyg‘unlik, mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy asosidir. Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi. Xalq manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusimiz boshqa yangi mustaqil davlatlar konstitutsiyalaridan tubdan farq qilib, o‘tish davrigagina mo‘ljallanmasdan, balki davlat va jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturiy hujjat sifatida ham yuksak e’tiborga sazovardir.
Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Konstitutsiyamizni nafaqat ta’riflaganda, balki qoidalarni moddama-modda ro‘yobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyatni kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi demokratik va umuminsoniny prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Bu Konstitutsiyamizning 13- moddasida ifoda etilgan.
Haqiqatdan ham, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosi, milliy an’analari, qadriyatlari, azaliy udumlari, ildizlariga tayanilgan jahon tajribasi, umum e’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, qoidalar bilan hamohang tarzda yaratilgan va Konstitutsiyasimiz huquqiy me’yorlarga tayangan qonunlar majmuasi boʻlib, unda muqaddas ona tilimiz, Vatanimiz sarhadlari, madaniyati, mustaqil yurtimiz olib borayotgan odil ona davlat siyosati, har bir diyorimiz fuqarosining huquq va burchlari o‘z aksini topgan.
Tarixdan maʼlumki qonun va qonun qoidalar maʼlum bir imkoniyat va cheklovlardan tashki ltopgan. Bizga yetib kelgan eng qadimiy qonunlardan biri Bobil podshosi Xammurapi tomonidan tuzilgan boʻlib, bu qonun quldor tuzumi huquqining xarakterli belgilarini oʻzida aks ettirgan. Bu qonun qaydlari qadimgi Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanalib, bu yerlarda azaldan qonun ustuvorligi koʻrinib turadi.
Oʻtgan davr mobaynida Respublikamiz iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy hayotidagi oʻzgarishlar, islohotlar, qanchadan-qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi bevosita Konstitutsiyamizga bogʻliqligi, huquqiy fuqarolik jamiyati qurishda hukumatimizning Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar asosida faoliyat olib borayotganligi, mustaqilligimiz bilan bir qatorda Konstitutsiyamizning qabul qilinganligini ham har yili nishonlanishi bejiz emas, albatta.
Bir soʻz bilan aytganda, jamiyatimizda har qaysi oila va fuqarolarimiz hayotida qanday ijobiy oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan boʻlsa, bularning barchasini Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan talab va qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi deb qabul qilamiz.
Konstitutsiyamiz tarixan sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan hujjatdir. Аsosiy qonunimiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
Bosh qonunimiz — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi muhim siyosiy, huquqiy xujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.
Davlat hokimiyatini tashkil etishda qonuniylik prinsipiga qat’iy amal qilinadi. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimizdir.Qomusimiz yillar osha xalqimiz uchun ishonch, najot, faxr, iftixor namunasi bo‘lib qolsin!
Parkent tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Turg’unov Ixtiyorbek Ortig’ali o’g’li