Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi


Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi "Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish buyicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida" 395-son qarori bilan endilikda davlat xizmatlari markazlari orqali yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan diplomning dublikatini olish mumkin boʻladi. Bu boʻyicha hukumatning 395-sonli qarori bilan hujjatlarning dublikatini berishga oid reglament tasdiqlandi.

Davlat xizmati uchun 300 ming soʻm miqdorida yigʻim undiriladi.

Unga koʻra, fuqarolarning maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati yoʻqolsa yoki yaroqsiz holga kelib qolsa hujjat dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXPga (my.gov.uz) murojaat qilinadi.

Fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda ham murojaat yuborish mumkin.

Murojaat yoʻllash va dublikatni olish tartibi:

Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari

Xisoblash texnikasi operatori

Kasimova Marg`uba Asatullayevna