Янгиликлар
TIBBIYOT TASHKILOTLARINI IXTIYORIY AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI
TIBBIYOT TASHKILOTLARINI IXTIYORIY AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarni joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-yanvardagi 16-sonli qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sog‘liqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qaror bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko'ra:
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:
-O‘zini o‘zi baholash va baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish;
- joyning o‘zida tashqi kompleks baholash;
-inspeksiya nazorati.
Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga quyidagilar orqali ariza taqdim etadi:
- Davlat xizmatlari markazlari;
-YAIDXP (my.gov.uz).
Arizaga BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida to‘lov to‘langanligi haqidagi kvitansiya ilova qilinadi.
Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi
- Ikkinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 75 foiz bo‘lganda;
- Birinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 85 foiz bo‘lganda;
-Oliy akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 95 foiz bo‘lganda toifalar berilishi mumkin:
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi Kanjarova Gulnoza Abdumalikovna