Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

BOLA ASRAB OLGANGA DEKRET PULI BERILADIMI?


BOLA ASRAB OLGANGA DEKRET PULI BERILADIMI?

Oila kodeksi 151-moddasiga koʻra farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu kodeks 159-moddasiga muvofiq, bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.

Bundan koʻrinib turibdiki, sizlardagi vaziyatda bolani oʻz farzandligingizga olish uchun otasining ham, onasining ham roziligi talab etiladi. Bunda Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan boʻlishi talab etiladi.

Qarang! Mehnat kodeksi 235-moddasiga muvofiq yangi tugʻilgan bolalarni bevosita tugʻuruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab, bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa yetmish kalendar kun) oʻtgunga qadar boʻlgan davrda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlagan holda taʼtil beriladi va ularning xohishiga koʻra, bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun qoʻshimcha taʼtillar beriladi.

Shuningdek, “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 29-bandining ikkinchi xatboshisiga koʻra bevosita tugʻruq muassasasi yoki boshqa muassasadan yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kungacha, ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan taqdirda esa, yetmish kalendar kungacha hududiy ambulator poliklinika tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Qoidaning mazmuniga koʻra, siz yangi tugʻilgan bolani asrab olsangizgina, sizga dekret puli berish mumkin.

Bekobod tumani yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                            D.Djoʻrayeva.