Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mehnat shartnomasini bekor qilish tartibini bilasizmi?


Mehnat shartnomasini bekor qilish tartibini bilasizmi?

Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi 1996-yil 01-apreldagi (kuchga kirgan) myehnat kodeksida mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga asosan:

·        taraflarning kelishuviga koʻra;

·        taraflardan birining tashabbusi bilan;

·        muddatning tugashi bilan;

·        taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra;

·        mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, bekor qilinadi.

Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek, qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin. Bundan tashqari amaldagi kodeksda muddatga saylanmagani, tanlov boʻyicha oʻtmagani yoxud saylanishda yo tanlovda qatnashishni rad etgani munosabati bilan ham mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinligi koʻzda tutilgandi.

Mazkur normalarning aniq va tushunarli qayd etilmagani ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida mehnat sharnomasini bekor qilishda sud amaliyotida muayyan kelishmovchilik va noqulayliklarni yuzaga keltirgan. Ayniqsa, mehnat kodeksning 97-moddasi va 99-moddasida qayd etilgan normalar tufayli koʻplab nizolar kelib chiqargan.

Yangi Mehnat kodeksida (2023-yil aprel oyida kuchga kiradi) mehnat shartnomasini bekor qilish quyidagilardan iborat tarzda belgilandi, yaʼni:

·        taraflarning kelishuvi (ushbu kodeksning 157-moddasi);

·        mehnat shartnomasi muddatining tugashi (ushbu kodeksning 158-moddasi);

·        mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga koʻra, bekor qilish (ushbu kodeksning 160-moddasi);

·        mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga binoan bekor qilish (ushbu kodeksning 161-moddasi);

·        tashkilot mulkdorining almashgani, uning qayta tashkil etilgani, tashkilotning idoraviy taalluqliligi, yaʼni boʻysunuvi oʻzgargani munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi (ushbu kodeksning 156-moddasi beshinchi qismi);

·        xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi (ushbu kodeksning 137-moddasi toʻrtinchi qismi);

·        xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun koʻchishni rad etishi (ushbu kodeksning 146-moddasi beshinchi qismi);

·        xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holatiga koʻra, qarshi koʻrsatma boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʻlmagan taqdirda (ushbu kodeks¬ning 143-moddasi ikkinchi qismi);

·        taraflarning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar (ushbu kodeksning 168-moddasi);

·        yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan oʻtmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish (ushbu kodeksning 169-moddasi);

Ushbu kodeks yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qoʻshimcha asoslari toʻgʻrisidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslardan iborat etib belgilandi.

 

 

 

Bekobod tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti                         R.Mirzaaxmedov.