Янгиликлар
Tug‘ilganlikni qayd etish tartibiни биласизми?
Tug‘ilganlikni qayd etish tartibiни биласизми?
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 14.11.2016 yil 387 sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ning IV bobi Tug‘ilganlikni qayd etish tartibini belgilab beradi. Unga ko`ra:
Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Bunda, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun FHDY organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza bolaning ota-onasi, ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.
Bekobod tumani FHDYo bo`limi ish yurituvchisi: M.I.Ishankulova