Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

UYDA BOGʻCHA OCHISH TARTIBI QANDAY?


UYDA BOGʻCHA OCHISH TARTIBI QANDAY?

Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 9-bandiga muvofiq, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari yakka tartibdagi tadbirkor boʻladi.

Nizomning 8-bandiga koʻra, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq, Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.

Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida 7 kun ichida bitim tuziladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda berilgan xabarnomani qabul qilinganligi haqida tasdiqnomani olgan kundan boshlab taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.

Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

davlat-xususiy sheriklik bitimi;

yongʻin nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;

sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;

sogʻliqni saqlash organlari bilan tuzilgan shartnoma.

Quyidagi hujjatlar davlat sherigi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:

guvohnoma nusxasi;

oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyaviy-taʼlim faoliyatini olib borayotgan pedagogika xodimi oliy yoki oʻrta-maxsus pedagogik maʼlumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat.

Demak, siz nodavlat maktabgacha taʼlim muassasi faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlsangiz, buning uchun litsenziya olish talab etilmaydi. Siz odatdagidek, yakka tadbirkor sifatida Davlat xizmatlari markazi orqali roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Siz roʻyxatdan oʻtishda ushbu faoliyat bilan shugʻullanish uchun ariza kiritishingiz lozim.

Bundan tashqari, siz faoliyatingizni tashkil etish uchun yuqorida keltirib oʻtilgan xabarnomaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarni qoʻlga kiritishingiz ham talab etiladi.

 

Bekobod tumani yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                            D.Djoʻrayeva.