Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son Farmon bo’yicha Adliya vazirligiga jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida qanday vazifalar yuklangan?


“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son Farmon bo’yicha Adliya vazirligiga jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida qanday vazifalar yuklangan?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan:

ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish va boshqalar.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                          A.Umarov