Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va ta’minlovchi organlar.


Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va ta’minlovchi organlar.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etishga doir vakolatlari:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi masalalari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga tushuntirishlar beradi hamda zarur yordam ko‘rsatadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi masalalariga doir uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoringi va tahlilini o‘tkazadi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

davlat boshqaruvi organlarida va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi nuqtai nazaridan ijro intizomiga rioya etilishini o‘rganadi, shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda ta’minlashga doir vakolatlari:

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash uchun o‘z xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonunchilikning qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi va, zarur bo‘lganda, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari:

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:

normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko‘radi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

tegishli davlat organlari va tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonunchilikning qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi va zarur bo‘lganda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                          A.Umarov