Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari?


Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari?

Bizga ma’lumki, Fuqarolik kodeksininng 264-moddasiga muvofiq,

Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.

Garov shartnomasiga ko’ra, qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo’yicha o’z talabi garovga qo’yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo’lgan shaxs (garovga qo’yuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli bo’ladi.

Garovga oluvchi garovga qo’yilgan mol-mulkni yo’qotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun sug’urta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sug’urta qilingan bo’lishidan qat’i nazar, o’z talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yo’qotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar bo’lgan sabablarga ko’ra yuz bergan bo’lmasa.

Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.

Fuqarolik kodeksining 265-moddasiga ko’ra, garov turlari- zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin.Garovga qo’yiladigan mulk garovga qo’yuvchi tomonidan garovga oluvchiga o’tkazilganda garov zakalat deb hisoblanadi.Ko’chmas mulkni garovga qo’yish ipoteka hisoblanadi.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

Ro‘ziyev Baxtiyor