Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Aksiyadorlik jamiyatlarida Oltin aksiya tushunchasi nimani anglatadi?


Aksiyadorlik jamiyatlarida Oltin aksiya tushunchasi nimani anglatadi?

“Oltin aksiya” ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan yoki bu ulush 25 foizdan ortiq bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida Davlat mulkini sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi davlat komissiyasining qarori bilan belgilanadigan muddatga joriy etiladi.

“Oltin aksiya” qiymatga ega emas, birovning ixtiyoriga o‘tkazilmaydi va garovga qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni qo‘shishda hisobga olinmaydi.

“Oltin aksiya” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini tayinlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Davlat vakili aksiyadorlik jamiyatining ustavida belgilangan kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra kiradi.

Unga nisbatan “oltin aksiya” joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyati:

jamiyatning ustaviga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi, “oltin aksiya”dan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda esa jamiyat ustavidan ushbu ma’lumotlarni chiqarib tashlaydi;

ilgari jamiyat ustavida belgilangan kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari sonini ko‘paytiradi;

Davlat ayni bir paytda “oltin aksiya”ga hamda aksiyadorlik jamiyatining 25 foizdan ortiq bo‘lmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili “oltin aksiya” egasi bo‘lgan davlat vakolatlarini amalga oshirish bilan bir qatorda davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini ham bajaradi.

Bunda davlat vakili aksiyadorlar reyestriga ikki marta — “oltin aksiya”dan foydalanish bo‘yicha davlat vakili hamda tegishli davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kiritiladi.

Davlat vakili davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bajaradi.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                          A.Umarov