Янгиликлар
Ma’naviy zarar uni etkazuvchining aybidan qat’i nazar, qaysi hollarda qoplanadi?
Ma’naviy zarar uni etkazuvchining aybidan qat’i nazar, qaysi hollarda qoplanadi?
Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:
zarar fuqaroning hayoti va sog’lig’iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo’lsa;
zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo’lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo’llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo’llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo’lsa;
zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro’-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo’lsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ma’naviy zararni qoplash usuli va miqdori
Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi.
Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to’lashga asos bo’lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.
Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Ma’naviy zarar to’lanishi lozim bo’lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.
Olmaliq shahar adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi
Ro’ziyev Baxtiyor