Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) qanday shikoyatlarni ko’rib chiqadi?
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) qanday shikoyatlarni ko’rib chiqadi?
O’zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risidag”i Qonunida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo’yicha vakilining (ombudsmanning) huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy yo’nalishlari va kafolatlarini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili
(ombudsman) mansabdor shaxs bo’lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
O’zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo’yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to’ldiradi.
Vakil O’zbekiston Respublikasining inson huquqlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga ko’maklashadi.
Olmaliq shahar adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi
Ro’ziyev Baxtiyor