Янгиликлар
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish
2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat boji to’g’risidagi” qunun qabul qilgan bolib, qonunning maqsadi davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va uni to‘lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinishi belgilangan. 1) da’vogarlar -ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;2) da’vogarlar - alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan; 3) da’vogarlar - mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;4) da’vogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma’muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan; 5) da’vogarlar - jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, bular Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinganlar royxatiga kirganlar.
Bekobod shahar adliya bo’limi
bosh maslahatchisi Sh.Malikov