Янгиликлар
YPX xodimlari va xaydovchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar hukumat qarori bilan tartibga solinadi
YPX xodimlari va xaydovchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar hukumat qarori bilan tartibga solinadi
Vazirlar Mahkamasining 01.12.2018 yildagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida nizomning 4 bobida Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega ekanligi belgilab qoyilgan.
YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish, transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish, xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno), sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish, huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish, huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish, asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish, o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish.
YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
Yo‘l harakati qatnashchilariga qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkinligi belgilab qoyilgan.
Bekobod shahar adliya bo’limi
bosh maslahatchisi Sh.Malikov