Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

O‘lim jazosi taqiqlanganini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish insonparvarlik siyosatidan og‘ishmaslikdir


O‘lim jazosi taqiqlanganini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish insonparvarlik siyosatidan og‘ishmaslikdir

 

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 24-moddasida Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi belgilab qo’yilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2005-yil 1-avgustda o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi. 2008-yilning 1-yanvaridan o‘lim jazosini jinoiy jazo turi sifatida bekor qilish va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish belgilandi

Inson hayoti – oliy qadriyat, o‘lim jazosini qo‘llamaslik esa insonparvarlik belgisidir. Aynan mana shu tamoyilga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasining bosh qonunida ham mamlakatimizda o‘lim jazosi taqiqlanganini mustahkamlab qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

“Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgartirish orqali O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi, u o‘zining insonparvarlik siyosatidan og‘ishmasligi yanada qat’iyroq va aniqroq aks etadi.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov