Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

KONSTITUTSIYA HUQUQ VA ERKINLIKDIR


KONSTITUTSIYA HUQUQ VA ERKINLIKDIR

 

Konstitutsiya–davlatning Asosiy qonuni hisoblanib, u davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini belgilab beradi.

Davlatimizning konstitutsiyasini yaratilishi tarixiga nazar solsak, muqaddam bir necha Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyalari qabul qilinganligini koʻrishimiz mumkin. Biroq Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng tom maʻnoda oʻz kelajagi va taraqqiyotini belgilab beruvchi Konstitutsiyaga ega boʻldi.

Bugun Konstitutsiyamizning 30 yillik bayramini nishonlar ekanmiz, asosiy qonunimizni yaratishda unutilmas xizmat qilgan insonlar nomini chuqur hurmat bilan tilga olamiz.

Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimov rahbarligida 1990-yil iyun oyida tuzilgan Komissiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida Konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi va soʻngra uchinchi loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu Komissiya aʻzosi sifatida prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni ham ishtirok etganligini alohida qayd etish lozim boʻladi.

Shuni alohida taʻkidlash kerakki, konstitutsiya loyixasini ishlab chiqilishida fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida dunyo hamjamiyati tomonidan umumeʻtirof etilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy gʻoyasi va qoidalari, shuningdek 97 ta mamlakat toʻplagan ilgʻor konstitutsiyaviy tajribalar ham hisobga olingan.

Asosiy qonunimiz ikki marta – 1992-yil sentyabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yoʻli, uning kelajagiga daxldor koʻplab fikr-mulohazalar va takliflar bildirdi.

Umumxalq muhokamasi yakunlariga koʻra, Bosh qomusimiz loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi va 1992-yil 8-dekabr kuni Oliy Kengash sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Oʻtgan 30 yillik tarixga nazar tashlagan holda toʻla ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Bosh qomusimiz-konstitutsiyamiz zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolati boʻlib kelmoqda.

 

Bekobod shahar adliya

boʻlimi boshligʻi                                                                     X.Bibayev