Янгиликлар
MASЪULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING TAЪSIS SHARTNOMASINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BEKOR QILINDI
MASЪULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING TAЪSIS SHARTNOMASINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BEKOR QILINDI
O‘zbekiston Respublikasining 08.11.2022 yildagi PQ–415-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan ijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida bir qator yangi tartib-qoidalar belgilandi.
Qarorga muvofiq, endilikda 2022 yil 1 dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
mas'uliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aktsiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
MChJning ta'sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.
2023 yil 1 apreldan:
MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.
2023 yil 1 iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e'lon qilinadi.
Bekobod shahar davlat
xizmatlari markazi direktori M.Nurmatov