Янгиликлар
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qaroriga muvofiq Ariza beruvchi Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi, tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im va avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya varaqalarini berish uchun davlat boji undiriladi. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.
Muhim ma'lumot: Shuningdek Davlat xizmatlari markazlarida barcha sharoitlarga ega o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari ham mavjud bo’lib xar bir fuqaro o’zi xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi U.Abdumalikov