Янгиликлар
O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilangan.
O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197 prim 5-moddasiga asosan Ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun jazo chorasi qo‘llaniladi.
Xususan, pedagoglarning faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i N.Tursunov