Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

DAVLAT KADASTR FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLUVChI QONUN QABUL QILINDI.


DAVLAT KADASTR FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLUVChI QONUN QABUL QILINDI.

 

O‘zbekiston Respublikasining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 28.11.2022 yildagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli qonun e'lon qilindi

Endilikda qonunning 37-moddasida ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko‘rsatilgan muddatga tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruktsiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruhsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan ob'ektlar ekani belgilab qo‘yilmoqda.

Qurilishi tugallanmagan ob'ektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu ob'ektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yhatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

Qurilishi tugallanmagan ob'ektlarga bo‘lgan huquqlar bu ob'ekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur ob'ektning qurilishi shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Elektron onlayn-auktsion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan ob'ektlar davlat ro‘yhatidan o‘tkazilmaydi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuriskonsulti                                                                                                     J.Norqo‘ziyev