Янгиликлар
SPORTCHILARNI ISHDAN BO‘SHATISH QONUN BILAN TARTIBGA SOLINADI
SPORTCHILARNI ISHDAN BO‘SHATISH QONUN BILAN TARTIBGA SOLINADI
Yangi tahrirda qabul qilingan va qabul qilingan kundan 6 oy muddat o‘tgandan so‘ng kuchga kirishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida sportchi xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning alohida qo‘shimcha asoslari nazarda tutilmoqda.
Yangi Kodeksning 503-moddasiga 14-qismiga ko‘ra, sportchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun MK va boshqa qonunlarda ko‘rsatilganidan tashqari quyidagilar ham asos bo‘lishi mumkin:
1) 6 oy va undan ko‘p muddatga sportdan chetlashtirilganda;
2) xalqaro dopingga qarshi tashkilotlar tasdiqlagan dopingga qarshi qoidalarning sportchi tomonidan buzilganda, shu jumladan bir marta buzilganda.
Misol tariqasida, futbol klubi futbolchisi mavjud tartib-qoidalarni qo‘pol buzsa va u sohaga oid qonun hujjatlar asosida 8 oyga futboldan chetlashtirilsa, futbol klubi tomonidan sportchi bilan tuzilgan shartnomasini yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 503-moddasi 14-qismi 1-bandiga asosan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti J.Norqo‘ziyev