Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR!


NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARGA BERILGAN

AYRIM IMTIYOZLAR!

Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, maktabdan tashqari, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi olishlari toʻgʻrisidagi bir-qator huquqlari qonun bilan belgilangan!

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonunning
40-moddasida Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, maktabdan tashqari, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi yoʻnalishlari quyidagilardan iborat;

Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimi, professional taʼlimi taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat boʻlganda esa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning maktabdan tashqari taʼlimi bolalar, oʻsmirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sogʻlomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimi, professional taʼlimi taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat boʻlganda esa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning oliy taʼlimi oliy taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin.

Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini oʻtayotgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun mazkur muassasalarda oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.

Professional taʼlim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional taʼlim muassasalari tashkil etiladi. Ularda oʻqitish maxsus oʻquv dasturlari asosida davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizi miqdorida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratiladi.

Bundan tashqari, Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan qoʻshimcha kvotalar boʻyicha oʻqishga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan taʼlimning ushbu yoʻnalishi boʻyicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.-deb belgilangan.

1 - Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratiladi;

2 - Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

          3 - I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat koʻrsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi

          4 - Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi

          3 - Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.

          4 - I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan

         5 - Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi

         6 - Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish huquqiga ega

          7 - I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi

          8 - Mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi -Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda koʻchiriladi.

          9 - Nogironligi boʻlgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.

          10 - Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi boʻlgan bolalar toʻlovdan ozod etiladi.

          11 - Bolalikdan nogiron boʻlganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 760 ming soʻm) miqdoridagi mablagʻlari daromad soligʻiga tortilmaydi.

                Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, Nogironligi boʻlgan shaxslarning nafaqat taʼlim olish yoʻnalishilaridagi huquqlari va kafolatlari Ularning boshqa huquqlari ham qonun bilan tasdiqlanganligini koʻrishimiz mumkin.

 

           Ohangaron tuman adliya                                        Joʻrayev Baxriddin       

            boʻlimi boshligʻi                                                        Nasriddinovich