Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat pensiyalarini taʼyilash va toʻlashning yangicha tartibi oʻrnatildi


Davlat pensiyalarini taʼyilash va toʻlashning yangicha tartibi oʻrnatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrda 592-son qarori qabul qilindi.

Yangi tahrirda qabul qilingan nizomga asosan pensiya tayinlash va toʻlashda quyidagi qulayliklar yaratildi:

- Shaxs pensiya tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasining rasmiy elektron pochtasiga (pension_uz@pfka.mf.uz) murojaat qilish imkoniyati yaratildi;

-Shaxsning arizasi Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilab oʻtildi;

- Shaxsning ish staji va oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimlarida mavjud boʻlgan taqdirda shaxsdan qoʻshimcha hujjatlar talab qilmasdan axborot tizimlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida pensiyalar tayinlanadi va hisoblab chiqiladi;

- 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat daftarchasida tegishli maʼlumotlar boʻlgan taqdirda pensiya tayinlash Komissiyasi tomonidan tekshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmaslik belgilandi;

-Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi ushbu hujjatlarni yaʼni,arxiv yoki tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborish boʻyicha amaliy yordam beradi;

-Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qoʻshimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini ariza beruvchiga 5 kunlik muddatda yozma ravishda yoki ariza beruvchining mobil telefon raqamiga “SMS” xabarnomani yuborgan holda maʼlum qilish joriy etilmoqda;

- Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shaxsga va/yoki tashkilot maʼmuriyatiga pensiya tayinlash (qayta hisoblash) masalalari boʻyicha tushuntirishlar hamda maʼlumotlar berishi shartligi belgilandi;

- Pensiya jamgʻarmasi fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid maʼlumot va axborotlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boradi;

- Nogironligi boʻlgan bolani oʻz qaramogʻiga olgan oilaning aʼzosi ushbu nogironligi boʻlgan bolaga qarab turilgan vaqtini ish staji sifatida hisobga olish tartibi belgilandi;

- Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan, Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestridan va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestridan, Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik idoralarning axborot tizimlaridan olinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash uchun mavjud maʼlumotlarni tekshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

-Elektron mehnat daftarchasi ham ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat sifatida hisobga olinadi;

- Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar toʻlanishi kerak boʻlgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelganida Moliya vazirligining qaroriga asosan avvalgi oy yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarning toʻlov qaydnomalarini shakllantirish xuquqi berildi;

- Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli koʻrsatib oʻtilgan oila aʼzolariga vafot etgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi;

- Pensioner vafot etgan oyda uning bank plastik kartasiga kirim qilingan mablagʻlar Pensiya jamgʻarmasiga qaytarilmaydi;

- Fuqaroning xohishiga koʻra pensiyalar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha tayinlanadi va toʻlanadi.

         Ohangaron tuman adliya                                        Joʻrayev Baxriddin       

            boʻlimi boshligʻi                                                        Nasriddinovich