Янгиликлар
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qoʻllab-quvvatlashning yangi tartibi toʻgʻrsida
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qoʻllab-quvvatlashning yangi tartibi toʻgʻrsida
Aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2022-yildagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-220-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida belgilansinki, 2022-yil
1-oktyabrdan boshlab:
jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — isteʼmolchilar) Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini (keyingi oʻrinlarida — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari) 3 yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi mazkur Farmonning 1- va 2-ilovalariga muvofiq miqdorlarda Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya qilinadi;
isteʼmolchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari toʻgʻridan-toʻgʻri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqaruvchi va servis korxonalari), mahalliy chakana savdo obyektlaridan, shu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanadi.
Shuningdek, ushbu Farmonning 5-bandiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga (2022-yilda ularning 20 foizi va 2023-yilda 80 foizi) 2022-yilda mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari va 2023-yilda mahalliy byudjet parametrlarida ushbu tadbirlar uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (har bir xonadonga quvvati 1 kVtgacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi va (yoki) hajmi 100 litrdan kam boʻlmagan quyosh suv isitish qurilmasi) oʻrnatilishini taʼminlasin, - deb belgilangan.
Ohangaron tumani adliya Joʻrayev Bahriddin
boʻlimi boshligʻi Nasriddinovich