Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Nikohdan ajrashish.


Nikohdan ajrashish.

Oila — jamiyatning asosiy boʻgʻini, muqaddas maskan. Mamlakat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi asosiy hujjat — Bosh Qomusimizda oila masalasiga alohida urgʻu berilgani ham bejiz emas, albatta.

Konstitutsiyamizda oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan. Har qaysi millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning oʻrni va taʼsiri beqiyos. Chunki insonning eng sof va pokiza tuygʻulari, ilk hissiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bagʻrida shakllanadi. Yaʼni oila maʼnaviy jihatdan butun boʻlsagina, mustahkam boʻladi. Mustahkam oilalardan tashkil topgan mamlakat esa, albatta, qudratli boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42-modda. Er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʻzaro rozi boʻlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.                                                   Er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʻgʻrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo boʻlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqliligi koʻrsatilgan.

Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tugʻilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi va u bilan bogʻliq mojarolar, ayrim xonadonlardagi mavjud notinch maʼnaviy-ruhiy muhit natijasida sodir boʻlayotgan nikohdan ajralishlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masaladir.

Arzimagan vajlar sabab oilani barbod etish, albatta, bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. “Bolaning uvoli tutadi”, degan gaplar ham oʻz-oʻzidan paydo boʻlmagan. Afsuski, uvol-savobni bilmaydigan, norasidalarning yetim qolishini uylamaydigan ota-onalar ham oramizda yoʻq emas.

Xoʻsh, nima uchun bunday holatning vujudga kelyapti? Asl sababi nimada? Tahlillarga koʻra, bu muammoning bosh omili — ularning huquqiy bilimga yetarli darajada ega emasliklari, huquqiy savodxonlik darajasining pastligidan dalolat beradi. Shuning uchun ular ajralish holati qanday oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydilar.

Eʼtibor qiling, ajralish tufayli notoʻliq oila vujudga keladi. Ayni kunda aksariyat ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar notoʻliq oilalardan ekanligi kuzatilyapti. Yoki boʻlmasa, boshqa huquqbuzarliklar, odam savdosi qurbonlari, noqonuniy yoʻl bilan chet davlatlarga chiqib ketayotgan yoshlar, ayollar, albatta, bularning barchasi asosan ajralish oqibatida yuzaga kelgan hamda notoʻliq oilalarda boʻlayotgani achinarli.

Statistikaga nazar soladigan boʻlsak, birgina Ohangaron tuman FHDYO boʻlimida joriy yilning dastlabki 11 oyi mobaynida 154 ta (201 tasi sud qarorlariga asosan, 52 tasi esa oʻzaro rozilik bilan FHDYO boʻlimida) ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd etildi.

Oilalarning buzilish sabablari oʻrganib chiqilganda, 35 ta holatda farzandsizlik, 8 tasida xiyonat, 36 tasida uzoq vaqt birga yashamaslik, 75 tasida oilaviy kelishmovchiliklar va qolgan holatlarda yoshlarimizning oila qurishga tayyor emasligi, sogʻligʻiga eʼtiborsizlik, yigitlarning oilani boshqarishni, roʻzgʻorni moddiy taʼminlash, farzandlarni maʼnan hamda jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashni oʻz burchlari, deb bilmasliklari, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi, aksariyat hollarda qaynona va kelin oʻrtasidagi mojarolar tufayli yuzaga kelayotganligi maʼlum boʻldi.

Qolaversa, ajrashish holatlari oilalardagi kelishmovchiliklar, oʻzaro muhabbatning yoʻqligi, hayotga yengil qarash, feʼl-atvorning toʻgʻri kelmasligi, er yoki xotinning kasalligi, achinarlisi, ayrim yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilib ketishi yoki boshqa ayollar bilan hayot kechirishi natijasida ham kelib chiqqan.

Bilamizki, oilalar tinchligi va mustahkamligida oila boshligʻi — erkaklarning oʻrni hamda masʼuliyati juda katta. Chunki hayotning qiyinchiliklarini ular oʻz yelkalariga oladilar. Afsuski, amaliyotda koʻrib turibmizki, erkaklarning oilaviy munosabatlarda oʻz oʻrnini yoʻqotib qoʻyayotgani, yaʼni ikkinchi darajaga tushib qolayotgan holatlar ham yoʻq emas.

Xoʻsh, muammolarning oldini qanday olish zarur? Avvalo, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlab borish zarur. Bu juda muhim ahamiyatga ega. Unda bir qator omillarga eʼtibor qaratish lozim boʻladi, yaʼni oiladagi ajrimlarni oldini olishda, asosan, yoshlarni oila ilmiga oʻrgatish maqsadga muvofiqdir. Ularda oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligi toʻgʻrisidagi targʻibot-tushuntirish ishlarini butunlay yangi bosqichda, yaʼni noodatiy usul va yondashuvlar asosida olib borish kerak.

Yoshlar oila atalmish muqaddas dargoh ostonasiga qadam qoʻyar ekan, “Men oila qurishga tayyormanmi? Oilam mustahkam boʻlishi uchun nimalar qilishim kerak?” degan savollarni oʻziga bersa, mustaqil hayotga yuzaki emas, oʻta jiddiy masala deb qarasa, oilalarda paydo boʻladigan baʼzi bir noxush holatlarning oldi olinadi.

Oila mustahamligi avvalom bor ota –ona uyidagi muhitdan oiladagi tarbiya odob –ahloq qoidalariga bogʻliqdir.

Baxt ostonasida turgan xar-bir yigit –qiz “Oila” deb atalmish muqaddas dargohga ilk qadam qoʻyishdan oldin men shu oila boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻim bilan baxtli kelajak qurishga tayyormanmi degan savolni oʻziga berishi lozim va oilani poydevorini mustahkam qurib, keyin ostonaga qadam bosish lozim deb oʻylayman.

Shunda oilaviy ajrimlarning soni kundan –kunga ortib borish holatlari kamaygan boʻlarmidi.

 

Ohangaron tuman FXDYO                         Allakulova Saboxat

           boʻlimi mudirasi v v b                                       Mirpulatovna