Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish uchun 50 million soʻmgacha subsidiya


Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish uchun 50 million soʻmgacha subsidiya

Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish, oʻrgatishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022-yildagi “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 513-son qarori qabul qilindi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori 4-bandiga muvofiq qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, 50 mln soʻmgacha boʻlgan bir martalik subsidiyalar tadbirkorlik subyekti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga kamida 6 oy muddat davomida qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanish sharti bilan ajratiladi.

Mazkur qarorning 2-bandiga koʻra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab amalga kiritishi belgilangan.

Xususan, nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishadi. Murojaat yuzasidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni baholash orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarori asosida har chorakda subsidiya ajratiladi.

Nodavlat taʼlim tashkilotlariga baholash mezonlari asosida toʻplangan ballarga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boshqarmalari tomonidan 50 mln soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

 

Ohangaron tumani adliya                                  Joʻrayev Bahriddin
boʻlimi boshligʻi                                                  Nasriddinovich