Янгиликлар
Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzilari hisobdan chiqarildi
Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzilari hisobdan chiqarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining soliq yukini kamaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2022-yildagi “Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida”gi PF-218-son Farmoni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-162-son Farmoniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obyektlariga (foydalanilmayotgan obyektlar) hamda ushbu obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini toʻxtatish tartibi (taʼsirchan soliq mexanizmi) bekor qilindi.
Shuningdek, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qoʻllanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi natijasida hosil boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha:
mavjud soliq qarzi hisobdan chiqarildi;
soliq qarzini undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatildi.
Taʼkidlash joizki, Mazkur Farmonga asosan Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligiga bir oy muddatda 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar boʻlgan davrda taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi toʻlovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli obyekt mulkdorlariga qaytarish vazifalari yuklandi.
Ohangaron tumani adliya Joʻrayev Bahriddin
boʻlimi boshligʻi Nasriddinovich