Янгиликлар
Adliya xabari
Adliya xabari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2022-yildagi “Avtotransport vositalarini boshkarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida” PQ-311-son qarori bilan 2022-yil
1-sentyabrdan yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.
Bunda:
Yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritildi.
Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.
Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasini oladi. Bunda jismoniy shaxs pasport maʼlumotlari yaʼni seriya rakami, JSHSHIR xamda xaydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami kiritilib, faoliyat olib borish xududi tanlanadi, masalan Toshkent viloyati, Toshkent shaxri va xok.
Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilindi
“my.gov.uz” orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 ming soʻm toʻlanadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin.
Ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi hamda boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar bir vaqtning oʻzida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda shugʻullanishlari mumkin.
Shuni eʼtiborga olish lozimki, oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili toʻqsariq rangli fonar oʻrnatilishi belgilab qoʻyildi.
Yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslarning ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.
Ohangaron tuman Davlat xizmatlari
markazi mutaxassisi B.Umarov