Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Aholini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash


Aholini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarida yashaydigan aholini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibini belgilash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
29-sentyabrdagi 551-son qaroriga asosan tasdiqlangan “Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom qabul qilingan.

Tumanlar (shaharlar) hokimlarining yordamchilari (va/yoki hokimliklar) mahalla raislari bilan birgalikda oʻz hududlaridagi koʻmirga ehtiyojmand boʻlgan isteʼmolchilar yashayotgan xonadon (uy), xonadon egasi va/yoki koʻmirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan koʻmir hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (xonadon joylashgan pochta manzili va kadastr hujjati maʼlumotlari, xonadon egasi yoki xonadonda yashovchi oilaning koʻmirni sotib olishga masʼul aʼzosining familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHISHR va pasport maʼlumotlari) har yili kelgusi yil uchun 1-iyunga qadar Portalga kiritadi hamda kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga javob beradi.

Bunda isteʼmolchilar joylashgan joy, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa maʼlumotlar (mavjud boʻlgan taqdirda) Portalga kiritiladi.

Portalda har bir isteʼmolchiga alohida isteʼmolchi raqami biriktiriladi. Ushbu isteʼmolchi raqami boʻyicha isteʼmolchilarning koʻmirga ehtiyoji miqdori, buyurtmaga muvofiq koʻmirni yuklash, yetkazib berish va qabul qilib olish yuzasidan hisob-kitob yuritiladi.

Portalga maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish yoki toʻldirish tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar), mahalla raislari, shuningdek, koʻmirga ehtiyojmand boʻlgan isteʼmolchilar yashayotgan xonadon egasi va/yoki koʻmirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs tomonidan elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.

Portalga kiritilgan maʼlumotlar yil davomida boshqa oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Taʼkidlash joizki, tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlangan xonadonda yashovchi isteʼmolchilarga koʻmirni markazlashgan holda yetkazib berish rad etiladi va Portaldan ularning maʼlumotlari chiqarib tashlanadi.

 

     Ohangaron tumani adliya                                    Joʻrayev Bahriddin
      boʻlimi boshligʻi                                                       Nasriddinovich