Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Er-xotin ajrimining ayrim huquqiy jihatlari


Er-xotin ajrimining ayrim huquqiy jihatlari

 

Oʻzbyekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasiga koʻra, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tugʻilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga haqli emasligi koʻrsatilib oʻtilgan.

Shuningdek,“Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qaroriga muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tugʻilganidan soʻng bir yil mobaynida nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga, garchi u tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan boʻlsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola oʻlik tugʻilgan yoki bir yoshga toʻlmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.

Xotinning nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga roziligi boʻlmagan hollarda, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 122-moddasining 8-bandi (xotini homilador boʻlgan vaqtda yoki bola tugʻilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etgan boʻlsa)ga asosan arizani koʻrmasdan qoldiradi.  

Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza xotinning roziligi bilan qoʻzgʻatilgan ishni sud majlisida koʻrish vaqtida u nikohdan ajratishga eʼtiroz bildirganda, shuningdek javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yoʻqligi ishni apellyatsiya yoki kassatsiya va nazorat instansiyasida koʻrish vaqtida maʼlum boʻlganda koʻrmasdan qoldirilishi lozim.

Oʻzb Res Oila kodeksining 39-moddasida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo xotin tomonidan qoʻzgʻatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Yani, yuqorida keltirilgan asoslarga koʻra, xotinning homiladorlik vaqtida va bola tugʻilganidan keyin bir yil mobaynida ayolning roziligisiz nikohdan ajratish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda arizasi koʻrmasdan qoldiriladi.

Nurafshon shahar adliya boʻlimi xodimi B.Fozilbekov