Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Bandlikka koʻmaklashish markazi ish izlab borgan fuqaroga kasbiga oid ish taklif qilishi kerak


Bandlikka koʻmaklashish markazi ish izlab borgan fuqaroga kasbiga oid ish taklif qilishi kerak

Xar kim ish beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish yoʻli bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali, yaʼni xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishga joylashishda oʻzlari doimiy yoki vaqtincha yashab turgan tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining bepul vositachiligidan foydalanishlari mumkin.Buning uchun ish qidiruvchi sifatida shu markazda roʻyxatdan oʻtish lozim boʻladi.

Biror doimiy yoki vaqtincha ish bilan shugʻullanayotgan shaxs ham kasbi (ishi)ni oʻzgartirish maqsadida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Bandlik markazlari fuqaroligidan qatʼiy nazar boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot berish, maslahat berish, ishga joylashtirish, kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xizmatlarini bepul amalga oshiradi.Baʼzi xududlarda ABKM esa statistka uchun xam ishlab yuribdi))

Agar siz bandlikka koʻmaklashish markaziga ish soʻrab borsangiz

sizga 420 ming soʻm oylik beradigan ishni emas,balki sizga maqbul keladigan ishni taklif qilishi kerak albatta

“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra,maqbul keladigan ish deb— fuqaro bajarishga qodir boʻlgan, fuqaroning olgan maʼlumoti yoʻnalishi va ixtisosligiga, malakasiga, kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga, sogʻligʻining holatiga koʻra mos keladigan, yashash joyini oʻzgartirishini nazarda tutmaydigan, uning doimiy yashash joyidan unchalik uzoq boʻlmagan hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdori (xozirgi kunda 822 000 soʻm)dan kam boʻlmagan ish haqini kafolatlaydigan ishga nisbatan aytiladi.

Yaʼni ABKM sizga:

-eng kamida 822 000 soʻm oylik beradigan ishni taklif qilishi kerak,

-ular taklif qilgan ish sizni sogʻligingizga toʻgʻri kelishi kerak,

-sizni yashash joyingizdan uncha uzoqda boʻlmasligi lozim,

-mutahassisligingizga mos kelishi kerak,

-qoʻlingizdan keladigan ish boʻlishi kerak.

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi E.Eshonqulov