Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

25 yoshgacha boʻlgan xodimlarga toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish tartibi


25 yoshgacha boʻlgan xodimlarga toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish tartibi

 

2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan toʻliq qaytarib beriladi

Bunda:

 ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan boʻlishi

 25 yoshgacha boʻlgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan boʻlishi;

 ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlishi lozim.

2022-yil dekabr oyi uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-aprel.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi B.Fozilbekov