Янгиликлар
IELTS sertifikati bor xorijiy til oʻqituvchilariga ustama toʻlanadi
IELTS sertifikati bor xorijiy til oʻqituvchilariga ustama toʻlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ – 5117-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
• taʼlim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi belgilangan.
Shuningdek, roʻyxat raqami 3318-son qaror bilan tasdiqlangan “Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar oʻrtasidagi muvofiqlik darajasi”ga koʻra IELTS 7.0-8.0 toifalari C1 darajaga tenglashtirilgan.
Demak, yuqoridagi asoslarga koʻra kamida C1 darajadagi sertifikat yoki kamida IELTS 7.0 darajasiga ega boʻlsan xorijiy tillar oʻqituvchilariga ustama haq toʻlanadi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov