Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xizmat safari uchun haq to’lashning ayrim huquqiy jihatlari


Xizmat safari uchun haq to’lashning ayrim huquqiy jihatlari

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizom (https://lex.uz/docs/-6139421) ning 14-bandiga ko’ra:

z) yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda:

budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida;

boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi (shartnomalari), mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda.

Bunda transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, Internet jahon axborot tarmog‘idagi elektron xaritalardan foydalangan holda masofalarni aniqlashga ruxsat etiladi.

Masalan, Toshkent shahrida ishlovchi xodim Farg‘ona shahriga xizmat safariga yuborildi. Unda yo‘l hujjatlari (temir yo‘l yoki aviachiptalar) mavjud emas. Xodim mahalliy taksilar xizmatidan foydalangan yoki shaxsiy mashinasida borgan deb tasavvur qilamiz. Demak, xodimga 330 km (Toshkent-Farg‘ona shaharlari orasidagi taxminiy masofa)*300 so’m = 99 ming so‘m, borish-kelish yo'lkira xarajatlari uchun esa jami 198 ming so‘m to‘lab berilishi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori qabul qilingunga qadar yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi (240 so’m) miqdorida amalga oshirilar edi (https://lex.uz/docs/-845611 10-bandi).

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi E.Eshonqulov