Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash


Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi maʼlum boʻlsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga yuboriladi.

Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u boʻyicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga koʻra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.

Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, davlat ijrochisi toʻlov yoki garov shartnomasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi lozim.

Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi E.Eshonqulov