Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir


Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir

 

Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma – bu Konstitutsiyadir.

1992 yil 8 dekabrь kuni qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning, davlatimizning dunyodagi mavqei, istiqbolini huquqiy jihatdan mustahkamlagan va kafolatlagan muhim hujjat boʼldi.

Respublika mustaqillikni qoʼlga kiritgach, tabiiyki, buni konstitutsiyaviy asosda mustahkamlash zarurati tugʼildi. Konstitutsiyada yangi davlatning maqsadi, suvereniteti, ichki va tashqi siyosiy tamoyillari, inson huquqlariga, demokratiyaning va ijtimoiy adolatning oliy maqsadlariga sodiqligi mustahkamlab qoʼyilmogʼi zarur edi. Shuning barobarida, yangi Konstitutsiya oʼzbek davlatchiligi tarixiy tajribasini hisobga olishi, xalqaro huquqning umum tomonidan eʼtirof etilgan meʼyorlariga tayanishi, fuqarolar uchun munosib hayotni taʼminlashga asos boʼlishi, barqaror bozor iqtisodiga asoslangan demokratik davlat, farovon jamiyat uchun huquqiy poydevor yaratishi kerak edi.

Davlat oʼz huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi bilan dunyo sahniga qadam qoʼyadi. Shu jihatdan har tomonlama mukammal va xalqaro standartlar talablariga toʼliq javob beradigan Аsosiy qonunimizning yaratilishi xalqimiz hayotida ulkan tarixiy voqea boʼlishi bilan birga, ulugʼ maqsadlar sari sobit qadam tashlashida mustahkam huquqiy zamin boʼldi.

Shu oʼrinda Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixiga bir nazar tashlasak. 90-yillar xalqimiz uchun qanday ogʼir sinovlar davri boʼlgan. Lekin shunday murakkab bir davrda xalqimizning asriy orzusi boʼlgan mustaqillik sari, uning huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash yoʼlida dadil qadamlar qoʼyildi.

1990 yil 20 iyunь kuni Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish jarayonida Oʼzbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish taklifi ilgari surildi. Shu maqsadda Konstitutsiya komissiyasini tuzish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan. Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislarni oʼzida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.

Jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni sinchiklab oʼrganish bilan bir qatorda milliy davlatchiligimizning koʼp asrlik tarixi, xalqimizning oʼziga xosligiga alohida eʼtibor qaratilgan holda komissiya tomonidan ikki yildan ortiq vaqt mobaynida Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi.

Mazkur loyiha hamda rivojlangan davlatlar konstitutsiyalari normalari yonma-yon oʼrin olgan holda Konstitutsiya loyihasi 1992 yil

8 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda eʼlon qilindi.

Konstitutsiya loyihasi muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi va keng jamoatchilik ekspertizasidan oʼtkazildi.

1992 yil 8 dekabrь kuni Bosh qomusimiz qabul qilinib shu kundan eʼtiboran, 8 dekabrь – umumxalq bayrami, deb eʼlon qilindi.

Bosh qomusimiz ulkan tarixiy ahamiyatga ega noyob hujjat boʼlib, unda suviren davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim asoslari, inson huquqlariga demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat, fuqarolar tinchligi va hamda millatlararo totuvlikni taʼminlashga oid tamoillar mustaxkam oʼrin olgan. Eng muximi, uning qoidalari mamlakatimizda bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohatlar sari keng yoʼl ochdi.

Konstitutsiyamizning bunday hayotbaxshliligida uning normalarida xalqimizning koʼp asrlik anʼana va qadriyatlari, boy tarixiy huquqiy merosiga tayanilganidir.

Qolaversa, asosiy qonunimiz koʼplab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurulish sohasidagi ilgʼor tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining normalari hamda mazkur sohadagi boshqa ilgʼor xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini taʼminlash va himoya qilish mexanizimini oʼzida mujassam etgani uning har jihatdan puxtaligini oshirish imkonini berdi.

Shu bois oʼtgan davr mobaynida mamlakatimiz konstitutsiyasi xalqimiz manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qodir, umumeʼtirof etilgan demokratik qadriyatlarga toʼla javob beradigan, jamiyatda adolatni qaror toptirishga xizmat qiladigan asosiy hujjat ekani toʼla isbotlandi.

Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli oʼtib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi. Qomusimizda birinchi navbatda, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun gʼoyasiga asos solingan boʼlib, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qoʼyildi.

Konstitutsiya nafaqat huquq va erkinliklarni mustahkamladi, balki ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini taʼminlash chora-tadbirlarini, kafolatlarini ham yaratdi. Xususan, hokimiyatlar boʼlinishi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi soʼzsiz tan olinishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, har bir shaxsga oʼz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʼayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kabilar kafolatlandi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʼyilgan huquq va erkinliklari daxlsiz deb eʼlon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʼyishga hech kim haqli emas, deb belgilab qoʼyildi.

Muxtasar aytganda, inson huquqlariga oid xalqaro printsip va standartlarni oʼzida mujassam etgan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va printsiplari milliy qonunchilik negizini tashkil etdi hamda yurtimizda inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilishning barqaror huquqiy asoslarini yaratishda mustahkam poydevor boʼldi.

Аsosiy qonunimizda eʼtirof etilganidek, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Davlat oʼz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʼzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.

Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi

bosh maslagʼatchisi

Z.R.Jumonov