Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz


Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz

 

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi”, “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” kabi mavzularda tashkil etilayotgan tadbirlarga taniqli olimlar, huquqshunoslar, shoir-yozuvchilar, san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari jalb etilgan.

"Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz" mavzusida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani tushuntirilmoqda. Masalan, joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani ham Asosiy qonunimiz bilan mamlakatimizda inson manfaatlarini ulug‘lashning huquqiy asosi yuksak darajada mustahkamlab qo‘yilganini keng namoyon etdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etilib, odamlarning dardi, o‘y-tashvishlari tinglanayotgani, muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rilayotgani buning tasdig‘idir. Konstitutsiyamizning ahamiyati barcha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarda jonli misollar vositasida tushuntirilayotgani yurtdoshlarimizda bugunidan shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Quychirchiq tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.