Янгиликлар
Konstitutsiya – vijdon erkinligi kafolati
Konstitutsiya – vijdon erkinligi kafolati
Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan vijdon erkinligi har bir fuqaroga biror dinga e’tiqod qilish yoki birorta dinga e’tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Ammo dunyoning hozirgi globallashuv jarayoni, ayniqsa, yoshlarni «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan turli g‘ayriaxloqiy, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrashni har qachongidan dolzarb vazifa qilib oldimizga qo‘ymoqda. Shu bois yoshlarning diniy bilimini boyitish, dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishning ahamiyati tobora ortayotir.
Viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jumladan, diniy oqimlarga qo‘shilib qolish holatlarining oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda, – Ammo bu yo‘nalishdagi tarbiyaviy ishlar ko‘lamini faqat ta’lim muassasalari doirasida chegaralab bo‘lmaydi. Yoshlarning dunyoqarashi, tarbiyasini shakllantirishda ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yning mas’uliyatini oshirish maqsadida sektorlar doirasida mahallalar, oilalardagi muhitni yaxshilashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Bugun turli diniy ekstremistik oqimlar o‘zining buzg‘unchi g‘oyalarini tarqatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanayotgani, yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazuvchi internet sahifalari orqali eng chekka hududlargacha yetib borayotganiga e’tibor qaratish lozim.
Jo’shqin BADALOV
Quyichirchiq tuman adliya bo’limi boshlig’i