Янгиликлар
Konstitutsiyamizda mulkdorlarga yerni, mulkni erkin tasarruf etish huquqi berilgan.
Konstitutsiyamizda mulkdorlarga yerni, mulkni erkin tasarruf etish huquqi berilgan.
Huquq va erkinliklarimiz o‘z ifodasini topgan Konstitutsiyamizning bir necha moddasida har bir shaxsning mulkdor bo‘lishga haqliligi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyamizda mulkdorlarga yerni, mulkni erkin tasarruf etish huquqi berilgani yutuqlarimiz omili bo‘layotir.
Mamlakatimizda fermerlarning huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinayotgani ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari safi kengayishiga xizmat qilmoqda.
– Viloyatda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan huquqlar ularning turli tarmoqlarni yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etayotir. Jumladan, fermerlar qishloqda zamonaviy, ixcham korxonalar barpo etib, go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlamoqda. Aholiga servis va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda. Intensiv bog‘ yaratib, dasturxonimizni sarxil mevalar bilan ta’minlamoqda. Baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik va asalarichilik kabi tarmoqlar ham rivojlanayotir. O‘z hududidagi aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlab, ularning munosib turmush kechirishiga ko‘maklashmoqda. Mahsulotining bir qismini eksport qilmoqda. Bularning barchasi yer egalarining huquq va manfaatlari ta’minlanayotgani hamda mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini qishloqda yetakchi kuchga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir.
Zafar JUMANOV
Quyichirchiq tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi.