Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHATLAR ORQALI INSONPARVAR VA DEMOKRATIK HUQUQIY DAVLAT QURISH


KONSTITUTSIYAVIY ISLOHATLAR ORQALI INSONPARVAR VA DEMOKRATIK HUQUQIY DAVLAT QURISH

Konstitutsiyaviy islohotlarning bugungi kundagi zaruratiga qisqacha to‘xtaldigan bo‘lsak. Bugungi kun hamda kelgusida davlat va jamiyatda insonning o‘rni, davlat va jamiyat faoliyatidagi ustuvor siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-gumanitar tamoyillar, aholi farovonligi hamda jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyatini aniqlab olish davr taqozosi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, «asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilashni» talab etadi. “Huquqiy davlat — demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir. Shu ma’noda, men “O‘zbekiston — huquqiy davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamizda aniq mustahkamlab qo‘yishni taklif etaman”, — dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi, “mazkur organlarning ixcham va tejamkor bo‘lishini ta’minlash” konstitutsiyaviy norma sifatida o‘rnatilishi lozim. Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaga davlat boshqaruvi organlari vakolatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qoidalarni qo‘shish yuzasidan ayrim takliflarni sanab o‘tdi. Jumladan:

Oliy Majlisning hukumatni shakllantirish va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini kengaytirish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarini tayinlash bo‘yicha farmon Senat tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etish;

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yillik milliy ma’ruzani muhokama qilishni parlament vakolatiga kiritish;

Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarining konstitutsiyaviy asoslarini kuchaytirish;

Prezidentning ayrim vakolatlarini (masalan, Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolati) Oliy Majlisga o‘tkazish;

hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini bir-biridan ajratishdir, xususan, «hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash».

Fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Shavkat Mirziyoyev qonunchilik tashabbusi huquqi institutini isloh qilish, xususan, “qonunchilik takliflarini kiritish institutini joriy etish” masalasini Konstitutsiyada belgilab qo‘yishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur institut vositasida “100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z qonunchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishlari” mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga ham yangi qonunchilik takliflarini kiritish vakolati berilishi zarur. Davlat rahbari yangilangan Konstitutsiyada hukumat vakolatlarining kengaytirilishi maqsadga muvofiq ekanligini qayd etdi.

 

Parkent tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

D.P.Tojiboyev