Янгиликлар
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATIGA ASOSSIZ ARALASHUVLARNING OLDINI OLISH, NAZORAT QILUVCHI ORGANLARNING MAS’ULIYATINI OSHIRISH VA FAOLIYATI OCHIQLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HUQUQIY ISLOHOTLAR
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATIGA ASOSSIZ ARALASHUVLARNING OLDINI OLISH, NAZORAT QILUVCHI ORGANLARNING MAS’ULIYATINI OSHIRISH VA FAOLIYATI OCHIQLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HUQUQIY ISLOHOTLAR
O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 13-sentabrda “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-son qarori qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishning yangicha tartib-qoidalari belgilandi.
Jumladan, Qarorga asosan 2022-yil 1 noyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinishi bunda mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanishi belgilangan.
Bu esa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati noqonuniy aralashuvning oldini olsihga qaratilgan.
Shuningdek, qarorga ko’ra atekshiruv natijalari haqidagi ma’lumotlar tekshiruv tugagan kundan boshlab uch kunlik muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilishi amaliyoti yo’lga qo’yildi.
Bundan tashqari, “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslikka haqli.
Jumladan, tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda, tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida, ular Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida.
Shuningdek, qarorga asosan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan bo’lib, Nizomning 8-bandiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi yuzasidan murojaatlariga, “xavfni tahlil etish” tizimining natijalariga, boshqa davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalaridan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idan qonunchilik buzilishi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarga asosan nazorat qiluvchi organlar vakolatli organga tekshiruv o‘tkazishni tashabbus qilishga haqli ekanligi belgilangan.
Bunda yuqorida ko’rsatilgan asosalardan biri mavjud bo’lganda tadbirkorlik faoliyatida tekshiruv o‘tkazishni tashabbus qilishda, dastlab nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik subyektining amalda faoliyat ko‘rsatayotganligi o‘rganib chiqilishi lozim.
Shuningdek, Nizomga asosan tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektiga tilxat olingan holda topshirilgan kun tekshiruvni o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshyuriskonsulti D.Turdaliyev